ZAKOVAT orqali ZEHN o‘smoqda!
23-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti faol-talabalari “Dolzarb 90 kun” doirasida Toshkent shahridagi “Zakovat Arena” majmuasida tashkil etilgan navbatdagi “Zakovat Quiz” intellektual o‘yinida ishtirok etdilar!
Har hafta o‘tkaziladigan ushbu musobaqalar yoshlar orasida:
– Intellektual salohiyatni oshirish,
– Tezkor fikrlash,
– Mantiqiy xulosa chiqarish,
– Jamoada ishlash,
– Yangicha fikrlash kabi muhim ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bu galgi o‘yinda ham institutimiz jamoasi faol ishtirok etib, dolzarb mavzular bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazdi, raqobatbardosh muhitda o‘z iqtidorini ko‘rsatdi.
Quvonchli jihati shundaki, jamoamiz a’zosi Masharipova Shirin o‘yin davomida o‘tkazilgan lotereyada omadli ishtirokchilardan biri bo‘lib, “Zakovat Quiz”ning hamkori bo‘lgan “Mutolaa” loyihasi tomonidan taqdim etilgan premium obuna vaucherini qo‘lga kiritdi!
Bu kabi loyihalar talabalarning nafaqat bilimini, balki ularning ishtiyoqi, tashabbuskorligi va motivatsiyasini oshirishda muhim o‘rin tutadi.
Siz ham bilimdon yoshlardan bo‘lishni xohlaysizmi?
Unda navbatdagi “Zakovat Quiz”ni o‘tkazib yubormang!