01:20 Chorshanba 01 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“MA’RIFAT DARSI” O‘TKAZILDI

30.03.2026
11

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida har haftaning dushanba kuni talaba-yoshlar ishtirokida “Kelajak soati” rukni ostida “Ma’rifat darslari” muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

30-mart kuni barcha fakultet talabalari ishtirokida bo'lib o'tgan mashg‘ulot “O‘zbek madaniyati” mavzusida keng qamrovda tashkil etildi.

Dars davomida talabalarda o‘zbek xalqining boy madaniy merosi, milliy an’analari, urf-odatlari va qadriyatlari, shuningdek, o‘zbek san’ati va adabiyotining jamiyat taraqqiyoti hamda ijtimoiy ong shakllanishidagi o‘rni haqidagi bilimlarni chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Mashg‘ulotda o‘zbek milliy madaniyatining tarixiy shakllanish bosqichlari, uning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni, milliy qadriyatlar va madaniy merosning shaxs ma’naviy kamoloti hamda ijtimoiy barqarorlikdagi ahamiyati ilmiy asosda tushuntirildi.

Shuningdek, talabalarga globallashuv sharoitida milliy madaniyatga befarqlikning salbiy oqibatlari, tarixiy-madaniy merosni inkor etish hamda begona madaniy modellarni tanqidiy tahlilsiz qabul qilishning ijtimoiy ta’siri hayotiy misollar orqali yoritildi.

Milliy o‘zlikni saqlagan holda zamonaviy jamiyatga uyg‘unlashuv zarurligi ilmiy dalillar va amaliy kuzatuvlar yordamida asoslab berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?