INSTITUT KENGASH YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda bir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Jumladan, kadrlar masalasi, institutda faoliyat yuritayotgan tyutorlar ish samaradorligini oshirish, ta’lim sifatini yanada yaxshilash va malakali kadrlar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, dual ta’lim tizimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda “Kelajakka qadam” dasturi doirasida talabalarning biznes loyihalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq ustuvor vazifalar muhokama etildi.
Yig‘ilish davomida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.