Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
- institutda korrupsiyaga qarshi kurashishga oid qonunlar va qonunosti hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;
- korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar va ish rejalarini ishlab chiqadi, ularning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishini taʼminlaydi, belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ahvolini o‘rganadi, natijalari bo‘yicha maʼlumotlar tayyorlaydi;
- institutda “Korrupsiyasiz soha” loyihasining amalga oshirilishini muvofiqlashtiradi;
- institutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan ichki hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun institut rahbariyatiga kiritadi;
- institutning ichki hujjatlarida aniqlangan korrupsiyaviy normalarni bartaraf qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- institutda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholaydi va ularni kamaytirish yuzasidan chora-tadbirlar rejalarini ishlab chiqadi;
- institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining xatti-harakatlaridagi korrupsiyaviy xavf-xatarlar va huquqbuzarliklar haqida kelib tushadigan murojaatlar va anonim xabarlarni ko‘rib chiqadi hamda o‘rnatilgan tartibda chora ko‘rish uchun institut rahbariyatiga maʼlumotlar taqdim etadi;
- institutda korrupsiya faktlariga doir xizmat tekshiruvlari reyestrini yuritib boradi;
- davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish va kontragentlarning ishonchliligini tekshirishda ishtirok etadi;
- institut xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvi monitoringini yuritadi va muammolar aniqlanganda barataraf etish uchun institut rahbariyatiga tegishli takliflar kiritadi;
- institutning professor-o‘qituvchilari, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlari va talabalari o‘rtasida muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etadi;
- institut faoliyatida korrupsiyaviy holatlarni aniqlash maqsadida professor-o‘qituvchilar, boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va talabalar (magistrantlar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar) o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazadi;
- so‘rovlar, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar asosida korrupsiyaga qarshi kurashish targ‘iboti bo‘yicha chora-tadbirlar natijalari va taʼsirini muntazam ravishda baholab boradi hamda keyingi chora-tadbirlarni belgilashda baholash natijalaridan foydalanadi;
- professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan konferensiyalar, uchrashuvlar, seminarlar, tanlovlar tashkil etadi;
- institutda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning samaradorligini baholaydi;
- institutda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining shart-sharoitlari hamda sabablarini o‘rganadi va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
- institut rasmiy veb-saytining “Korrupsiyaga qarshi kurashish” bo‘limidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlaydi;
- har chorakda va zaruratga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda institutdagi korrupsiyaviy vaziyat haqida institut rahbariyatiga hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limiga hisobot taqdim etadi;
- komplayens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari hamda ota-onalar bilan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi.