Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Kelajakka qadam” loyihasining “Tadbirkor elga madadkor” shiori ostida, “O’z biznesingni boshla” mavzusida amaliy seminar bo’lib o’tdi.
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti talabalari ishtirokida o’tkazilgan seminarda O‘zbekiston Milliy banki aksiyadorlik jamiyati Sergeli filiali loyiha menejeri hamda “Kelajakka qadam” markazi vakili o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Tadbirda, tadbirkorlikni boshlash va unda samarali ish tashkil qilish borasida amaliy maslaxatlar berildi.