Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi fuqarolar, talaba-yoshlar hamda institut xodimlarini korrupsiyaviy holatlarga nisbatan befarq bo‘lmaslikka chorlaydi.
Agar institutda manfaatlar to‘qnashuvi yoki korrupsiyaga oid har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxslarga duch kelsangiz, maslahat olish yoki tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlash maqsadida zudlik bilan “Komplaens-nazorat” bo‘limiga murojaat qilishingiz so‘raladi.
Korrupsiyaviy holatlar yoki manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq murojaatlarni quyidagi aloqa vositalari orqali yo‘llashingiz mumkin:
📲 Telegram bot: @TTYSIanticorbot
📞 +998 55 512 70 00 (1038)
📞 +998 97 260 79 96
📞 +998 99 807 68 58
Barcha murojaatlar maxfiylik tamoyillari asosida ko‘rib chiqiladi.
❗ Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!