12:36 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Yoshlar orasida salbiy illatlarga qarshi kurashish yo‘llari muhokama qilindi

16.06.2025
64

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Yoshlarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida G. Zaydullayeva rahbarligida davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida yoshlar oʻrtasida uchrayotgan huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi salbiy holatlar va ularning oqibatlari atroflicha tahlil qilindi. Ushbu illatlarning oldini olish, yoshlarning ongini yot g‘oyalardan himoyalash va ularning ijtimoiy faolligini oshirish borasida samarali choralar haqida fikr almashildi.

Tadbir ishtirokchilari bunday suhbatlar yoshlarning hayotga ongli yondashuvini shakllantirishda, ularni sog‘lom fikrlashga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?