“Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi g‘oliblari taqdirlandi va yangi “Padel” tennis korti foydalanishga topshirildi
Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi hamda “Yosh muhandislar” tanlovining “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishi bo‘yicha respublika bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Tadbirda institut rektori Davron Vaxabov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Kasimov, hamda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining Ommaviy sportni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Sherzod Olimov ishtirok etdi.
🔹 Olimpiada doirasida fizika va kimyo fanlari bo‘yicha mutlaq g‘olib deb topilgan ishtirokchilarga Chevrolet Damas avtomobillari kalitlari tantanali ravishda topshirildi.
🔹 Shuningdek, institut hududida bunyod etilgan zamonaviy “Padel” tennis korti foydalanishga topshirilib, “Rektor kubogi” musobaqasiga start berildi.