TTYSI va Jack kompaniyasi: Hamkorlik yangi bosqichda!
21-aprel kuni Jack kompaniyasining O‘rta Osiyodagi bosh menejeri William janoblari TTYSI ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlik natijalarini muhokama qilib, tikuvchilik yo‘nalishidagi ilmiy-uslubiy ishlarni takomillashtirish hamda kelajakdagi rivojlanish rejalari bo‘yicha fikr almashishdi.