15:15 Chorshanba 13 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida (TTYSI) Tojikiston texnologik universiteti delegatsiyasi bilan samarali uchrashuv boʻlib oʻtdi va xalqaro hamkorlik uchun yangi ufqlarni ochdi

24.07.2025
91

Muzokaralarda TTYSI xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori I.Bulanov va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkinalar ishtirok etib, institutimizning imkoniyatlari va ustuvor yo‘nalishlari bilan tanishtirdilar.

Tojikiston texnologik universitetidan texnologiya va dizayn fakulteti dekani F.Jalilov va “To‘qimachilik texnologiyasi” kafedrasi mudiri Z.Hakimova boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi. Delegatsiya tarkibiga kafedra dotsentlari va mustaqil talabgorlar ham kirdi, bu esa ilmiy va ta’lim almashinuvini rivojlantirish istagini ta’kidlaydi.

Uchrashuvda tomonlar turli sohalardagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va innovatsion loyihalarni amalga oshirishga doir keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildilar.

Tashrif davomida Tojikiston texnologik universiteti delegatsiyasi jahon andozalari darajasida ilmiy tadqiqotlar olib borilayotgan TTYSI ning ilg‘or laboratoriyalari bilan tanishdi. Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish, to‘qimachilik va yengil sanoatga innovatsiyalarni joriy etish platformasi bo‘lgan institut texnoparki alohida qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur uchrashuv ikki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, mintaqada to‘qimachilik sanoatini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?