04:40 Chorshanba 14 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Tex4future” — to‘qimachilik sohasi istiqboli yo‘lida xalqaro hamkorlik

13.05.2025
12

2025-yil 12–13-may kunlari Ege universitetining To‘qimachilik texnologiyasi fakultetida “Tex4future — to‘qimachilik sohasi O‘zbekiston va Qozog‘iston kelajagi uchun” Erasmus+ loyihasining navbatdagi uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ruminiya, Gretsiya va Turkiyadan loyiha ishtirokchilari — o‘qituvchilar va soha mutaxassislari qatnashmoqda.

Yig‘ilish doirasida mehmonlar fakultetdagi ilg‘or laboratoriyalar, amaliy mashg‘ulotlar auditoriyasi va dars jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi. Bu tashrif ishtirokchilari uchun ilg‘or tajribalarni o‘rganish, o‘zaro fikr almashish va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Mazkur xalqaro hamkorlik nafaqat ta’lim sifatini oshirish, balki kelajakda zamonaviy va raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashda muhim o‘rin tutadi. Bunda “Tex4future” loyihasi to‘qimachilik sohasi rivojiga xizmat qiluvchi innovatsion yondashuvlarni targ‘ib etish va mamlakatlar o‘rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirishda asosiy platforma bo‘lib xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?