14:56 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Talabalarimiz “EVRAZ NTMK” korxonasida ekskursiyada

23.04.2025
66

XV Yevrosiyo yoshlar iqtisodiyot forumi doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari Rossiyaning yirik sanoat markazlaridan biri — AO “EVRAZ NTMK” korxonasiga tashrif buyurishdi.

Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, ilg‘or texnologiyalar va yirik sanoat infratuzilmasi bilan tanishish talabalarimiz uchun katta tajriba bo‘ldi. Ekskursiya davomida ishtirokchilar metallurgiya sanoatining ichki jarayonlari, xavfsizlik choralari va korxonaning xalqaro hamkorlikdagi loyihalari bilan yaqindan tanishdilar.

Bunday amaliy tashriflar yoshlarga nazariy bilimlarni real hayotda qanday qo‘llash mumkinligini ko‘rsatadi va ularda yangi g‘oyalar uyg‘otadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?