19:12 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Talabalar xavfsizligi” kuni doirasida odam savdosiga qarshi profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

15.05.2025
173

Joriy yilning 15-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida navbatdagi “Talabalar xavfsizligi” kuni tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir doirasida Yakkasaroy tumani IIOFMB 4-son IIB XPBdan institutga biriktirilgan profilaktika inspektori, mayor A. Tadjibayev, sohaga oid mutaxassislar va talabalar ishtirokida quyidagi yo‘nalishlarda profilaktik ishlar olib borildi:

1-band doirasida: Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va milliy qonunchilikdagi o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini yetkazishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi;

10-band doirasida: “30-iyul – Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan tegishli xodimlar ishtirokida profilaktik tadbir o‘tkazildi;

12-band doirasida: Toshkent shahri hududida chaqaloq savdosining og‘ir oqibatlari, shuningdek, farzandlikka olish, vasiylik va homiylikka olish tartiblari to‘g‘risida talabalar va aholiga keng qamrovli targ‘ibot-tushuntirish ishlari olib borildi.

Ushbu tadbirlar talaba-yoshlarning huquqiy ongi va ijtimoiy faolligini oshirish, ularni turli salbiy illatlardan ogoh qilishga xizmat qilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?