Talaba qizlar bilan profilaktik suhbat
Yakkasaroy tumani IIO FMB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori podpolkovnik Samatova F. va 3-son IIB XPB OTM profilaktika katta inspektori katta leytenant Matisakova G.T. tomonidan talaba qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini oldini olishga qaratilgan psixologik-profilaktik tadbir tashkil etildi.
Uchrashuv davomida talabalarga zo‘ravonlik turlari, ularning oqibatlari, huquqiy himoya vositalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Psixologik yondashuv asosida fikr almashildi va savol-javoblar tashkil etildi.
Tadbir talaba qizlarda huquqiy ongni oshirish, o‘zini himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qildi.