TTYSI talabalari “Talaba — yugur” musobaqasida faol ishtirok etmoqda
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil qilingan Yangi Oʻzbekiston bogʻida boʻlib oʻtayotgan “Talaba – yugur” ommaviy yugurish musobaqasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ham faol ishtirok etmoqdalar.
Ular sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va birdamlik tamoyillarini yuksaltirish uchun birlashib yugurmoqda!