03:09 Payshanba 19 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

12.03.2026
27

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

Navbatdagi uchrashuv 12-mart kuni tashkil etilib, unda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Xayrulla Sattarov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamshiyev, tuman Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Alisher Murodov, tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Ergashov hamda institut prorektorlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning tashabbus va g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida atroflicha fikr almashildi. Shuningdek, yoshlarning bandligini ta’minlash, huquqiy savodxonligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda turli salbiy illatlarning oldini olish masalalari muhokama qilindi.

Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutasaddi rahbarlardan batafsil javoblar oldilar.

Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan uchrashuvda yoshlar rahbarlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri fikr va takliflarini yetkazish uchun ajoyib imkoniyatga ega bo’ldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?