01:25 Payshanba 19 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“REKTOR KUBOGI” SPORT MUSOBAQALARIGA START BERILDI

18.03.2026
30

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-yoshlarni sportga keng jalb etish va ularni rag‘batlantirish maqsadida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi.

Musobaqalarning ochilish marosimida institutning birinchi prorektori Baxtiyor Nasimov so‘zga chiqib, ishtirokchilarga rektor tabrigini yetkazdi hamda talaba-yoshlarga muvaffaqiyat tiladi. Shuningdek, u sport bilan muntazam shug‘ullanishning sog‘liq va ijtimoiy faollik uchun ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Musobaqalar doirasida talabalar voleybol, basketbol (3x3), futbol (futzal), stol tennis, shaxmat hamda padel tennis sport turlari bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

Eslatib o‘tamiz, “Rektor kubogi” sport musobaqalari 18-martdan 24-aprelga qadar (dam olish kunlaridan tashqari) har kuni soat 14:00da institut sport zalida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?