01:33 Payshanba 19 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“O‘ZBEKISTON–XITOY SANOAT KORXONALARIDA TEXNOLOGIK HAMKORLIK: INNOVATSION VA RAQAMLI YECHIMLAR” FORUMI DOIRASIDA IKKI TOMOMLAMA UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

16.03.2026
29

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Huansi Intelligent Technology Co., Ltd kompaniyasi hamkorligida “O‘zbekiston–Xitoy sanoat korxonalarida texnologik hamkorlik: innovatsion va raqamli yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

Forum doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Huansi Intelligent Technology Co., Ltd kompaniyasi vakillari o’rtasida hamkorlik ucharushlari bo’lib o’tdi.

Unda, O‘zbekiston va Xitoy korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik yangi imkoniyatlar ochayotganini qayd etdi. Jumladan, zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish hamda yangi avlod yuqori malakali mutaxassislarini tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Bunday texnologik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ishlab chiqarishni raqamli boshqarish tizimlarini joriy etish, korxonalar samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish hamda “aqlli fabrika” tamoyillariga tezroq o‘tish imkonini beradi.

Institut uchun ilg‘or texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik strategik ahamiyatga ega. Bu hamkorlik qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, innovatsion ishlanmalarni sanoatga joriy etish hamda kelajak texnologiyalari bilan ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?