“Miss University 2025” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Bugun Madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan taqdirlash marosimida ishtirokchilar eng yorqin chiqishlari bilan barchani hayratda qoldirdi. Har bir go‘zal va iste’dodli qiz o‘ziga xos mahoratini namoyon etdi, hakamlar hay’ati esa eng munosiblarni aniqladi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Bu unutilmas lahzalar barchaning qalbida yorqin xotira bo‘lib muhrlandi.