“Muhandislik oyligi”ning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
“Muhandislik oyligi” doirasida muhandislik yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari ixtirochilik hamda ilmiy-texnik ijodkorlik sohalarida talabalar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkaziladi.
Ushbu tanlovlar yoshlarni muhandislik sohasiga keng jalb qilish, ularning amaliyotga yo‘naltirilgan bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, mazkur yo‘nalishda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga qaratilgan.
Muhandislik oyligida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti iqtidorli talabalari ham faol ishtirok etdi.