23:50 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida oʻtkazilgan tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishidagi rasmlar tanlovi gʻoliblari aniqlandi!

05.02.2025
215

2025-yil 5-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish boʻyicha milliy strategiyani amalga oshirish yuzasidan 2024-2025-yillarga moʻljallangan milliy dasturning 15-bandi ijrosi yuzasidan institutda talaba-yoshlari oʻrtasida “Men giyohvandlikka qarshiman” shiori ostida ijodiy ishlar doirasida tasviriy va amaliy sanʼat yoʻnalishi boʻyicha rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

Tanlov Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi hamda Moda va dizayn kafedrasi tomonidan sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish maqsadida tashkil etilib, shaffoflik va sogʻlom raqobat tamoyillari asosida oʻtkazildi.

Hakamlar hayʼati aʼzolari tomonidan belgilangan Nizom asosida talaba-yoshlarning ijodiy ishlari qoʻyidagicha baholandi.
1-oʻrin – Abdumoʻminova Dilnura (25-22)
2-oʻrin – Tangirqulova Asila (25-23)
3-oʻrin – Alijonova Sevinch (25a-22)

Saytni yangi dizayni yoqdimi?