04:29 Payshanba 15 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

"Fashion Art" tanlovi 2-mavsum g‘oliblari aniqlandi

14.05.2025
18

Moda va san’at uyg‘unligida o‘z o‘rnini topgan eng kreativ, eng iqtidorli talabalar endi aniq!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘tkazilgan "Fashion Art" tanlovi 2-mavsum nihoyasiga yetdi va 1-2-3-o‘rin egalari e’lon qilindi!

G‘OLIBLAR:
1-o‘rin – Umirzoqova Malikaxon
2-o‘rin – Muhammad Amin Sevilya
3-o‘rin – O‘ljayeva Dildorabonu

Tanlov 5 bosqichdan iborat bo‘lib, unda estetik did, professional yondashuv va kreativ fikrlash asosiy mezon bo‘ldi. Ishtirokchilar zamonaviy moda tendensiyalari bilan ishlash, jamoaviy ish yuritish hamda o‘z dizaynlarini sahnada taqdim etish bo‘yicha o‘z iqtidorlarini namoyon qildilar.

Yakunda:
– Maxsus statuetkalar
– Sertifikatlar
– Pul mukofotlari
– Ajoyib sovg‘alar
– Va eng asosiysi – moda olamida ilk qadamlar!

Eʼtiborli jihat:

G‘oliblarni aniqlashda halollik va adolat tamoyillariga sodiq qolgan Moda va dizayn kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, tanlov asoschisi Muslimaxon Boymirzayeva Yoshlar akademiyasining “G‘oyalar generatori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi!

"Fashion Art" – bu moda va san’atni birlashtirgan ijodiy maydon!
Biz sizga ishonamiz! Har bir ishtirokchi moda olamiga o‘z izini qoldira oladi!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?