“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida ma’naviyatga yoʻgʻrilgan uchrashuv
Adiblar hayoti va ijodi bilan yaqindan tanishish, talabalarda sogʻlom dunyoqarashni shakllantirish, mutolaa va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida navbatdagi davra suhbati tashkil etildi.
Mazmunli muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, adabiy-estetik tafakkurni shakllantirish borasida foydali tavsiyalar berildi.