12:07 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida kibersport musobaqalari tashkil etildi

17.06.2025
83

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy va jismoniy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Iqtisodiyot fakulteti tashabbusi bilan kibersport musobaqalari tashkil etildi.

Mazkur tadbir talabalarning axborot texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish hamda sog‘lom raqobat muhiti orqali ularning ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qildi.

Musobaqa yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?