“Bo‘lajak yosh muhandislar” fan olimpiadasi jarayonlari boshlandi!
Olimpiadaning 2-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talaba-yoshlar va ularning ota-onalari institutda tantanali tarzda kutib olindi hamda samimiy tabriklandi.
Tadbir davomida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti haqida batafsil ma’lumot berilib, ta’lim imkoniyatlari, zamonaviy laboratoriyalar va istiqbolli yo‘nalishlar haqida tushunchalar berildi.
Endi esa navbat bilim, salohiyat va kreativ yondashuv mezonida kechadigan respublika bosqichiga!
Barcha ishtirokchilarga omad yor bo‘lsin!