Bitiruv malaka ishi himoyasi amaliy muhitda
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasining “61020200 – Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari o‘z bitiruv malaka ishlarini “Bakan Tex” MCHJ bazasida himoya qildilar.
Mazkur himoya jarayoni talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, real ishlab chiqarish sharoitida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi talablarini chuqur o‘rganish hamda kasbiy kompetensiyalarini namoyish etish imkonini berdi.
Tadbir doirasida mutaxassislar tomonidan bitiruv ishlariga yuqori baholar berildi va talabalarning kelgusidagi mehnat faoliyati uchun amaliy tavsiyalar berildi.