Zakovat intellektual turnirining final bosqichi yakunlandi!
Institutimizda tashkil etilgan Rektor kubogi uchun Zakovat o‘yinining final bosqichi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Uchinchi o‘rin uchun bahsda “Media markaz” va “FLOMMS” jamoalari kuch sinashdi. G‘alaba “Media markaz” jamoasiga nasib etdi.
Final bellashuvi esa “Iqtisodchilar” va “Winners” jamoalari o‘rtasida o‘tdi. O‘yin natijalariga ko‘ra, “Iqtisodchilar” jamoasi Rektor kubogi sohibiga aylandi.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — “Iqtisodchilar” jamoasi (Iqtisodiyot fakulteti) — 5 000 000 so‘m
2-o‘rin — “Winners” jamoasi (Iqtisodiyot fakulteti) — 4 000 000 so‘m
3-o‘rin — “Media markaz” jamoasi (Dizayn va texnologiyalar fakulteti hamda Iqtisodiyot fakulteti) — 3 000 000 so‘m
O‘yin davomida eng yaxshi ishtirokchilar alohida nominatsiyalar bilan taqdirlandi hamda kitob lotoreyasi orqali qimmatli sovg‘alar o‘z egalariga topshirildi.
Zakovat — bilimdonlar maydoni!