"Zakovat" intellektual o‘yini – bilim va topqirlik sinovi
2025-yil 23-iyun kuni “Iqtisodiyot” fakulteti Talabalar turar joyida talaba-yoshlar ishtirokida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Mazkur tadbir talabalarning intellektual salohiyatini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, hozirjavoblik va topqirlik mahoratini rivojlantirishga xizmat qildi.
O‘yin jarayoni qiziqarli savollar, muhokamalar va jonli bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Eng faol ishtirokchilar esa munosib rag‘batlantirildi.