“Yuraklarni bog‘lagan ipak yo‘lida yoshlari birga yuradi” shiori ostida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim va madaniy almashinuv tadbirlari davom etmoqda
Tadbir ishtirokchilari bugun Xitoyning Shansi xalqaro biznes kasb-hunar kolleji faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kollejdagi zamonaviy o‘quv-uslubiy baza, amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar, xalqaro hamkorlikdagi yondashuvlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Bu tashrif ikki davlat yoshlari o‘rtasidagi ta’limiy tajriba almashinuvi, madaniy yaqinlik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.