Yozgi Ijod markazlari faoliyat boshladi
Dizayn va texnologiyalar fakulteti jamoasi “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar ishtirokida “Yozgi Ijod markazlari”ni ishga tushirdi.
Mazkur markazlarda talabalar rang-tasvir yo‘nalishida o‘z ijodiy ishlanmalarini yaratib, san’atga bo‘lgan qiziqishlarini yanada chuqurlashtirmoqda. Ushbu jarayon ular uchun ijodiy salohiyatini oshirish va amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qilmoqda.