03:04 Chorshanba 25 Iyun 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Yoshlar muammolari muhokama qilindi

13.06.2025
18

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga biriktirilgan “Rakat” MFYda “Yoshlar muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda mahalla raisi B. Sobirjonov, imom noibi va oqsoqollar kengashi raisi E. Fayziyev, yoshlar yetakchisi X. Sobirov hamda mahalladagi tarbiyasi ogʻir, qiyin sharoitda, oilaviy ajrim yoqasida bo‘lgan yoshlar ishtirok etdi.

Uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad – oilaviy muammolarga duch kelgan yoshlarning jamiyatdagi o‘rnini topishiga ko‘maklashish, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Suhbat davomida Tog‘ayev Asadbek, Abdulazizov Faridun va ularning onalari S. Suyunova hamda M. Rajabovaga institutda faoliyat yuritayotgan “To‘qimachi” sport klubi, ingliz tili hamda matematika to‘garaklariga a’zo bo‘lish imkoniyati haqida ma’lumot berildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?