"Yosh tadbirkorlar forumi" – yoshlarga katta imkoniyatlar eshigini ochdi!
13-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi hamkorligida “Yosh tadbirkorlar forumi” bo‘lib o‘tdi.
Forumda davlat va tijorat tashkilotlari vakillari ishtirok etib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagidagi yoshlar uchun qimmatli ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashishdi:
Tadbirkorlikning huquqiy asoslari;
Banklar tomonidan taqdim etilayotgan imtiyozli kreditlar;
Davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar;
Biznes g‘oyalarni loyihaga aylantirish bo‘yicha tavsiyalar.
500 nafardan ortiq bitiruvchi yoshlar forumda faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga to‘liq javoblar olishdi. Bu esa ularning kelajakdagi ishbilarmonlik faoliyatiga ishonch bilan qadam qo‘yishlariga zamin yaratdi.
Ilm, tashabbus va imkoniyat bir joyda jam bo‘lgan ushbu forum yoshlarga kuchli turtki berdi.