“Vatan boʻylab sayohat qil!”: Talabalar Toshkent City Mall majmuasida
Toʻqimachilik muhandisligi fakulteti faol jamoasi va talabalari ishtirokida “Vatan boʻylab sayohat qil!” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi zamonaviy savdo-koʻngilochar majmualardan biri – Tashkent City Mallga tashrif uyushtirildi.
Mazkur tashrif davomida talabalar nafaqat shaharning yangi arxitekturasi, zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar, balki do‘stlari bilan birgalikda unutilmas lahzalarni boshdan kechirdilar. Loyihaning asosiy maqsadi – yoshlarda vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, ichki turizmni rivojlantirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishdan iboratdir.