04:03 Seshanba 24 Fevral 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TURKIYANING EGE UNIVERSITETI DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

16.02.2026
63

2026-yil 16-fevral Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻrotboy Sharipov Turkiya Respublikasining nufuzli oliy taʼlim muassasalaridan biri — Ege universiteti rektori, professor, doktor Musa Alji boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Tomonlar oliy taʼlim sohasidagi oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish, qoʻshma taʼlim dasturlarini kengaytirish, ilmiy tadqiqotlar va akademik almashinuvlarni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

Muloqot chogʻida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlari barcha sohalar qatori oliy taʼlim tizimida ham izchil rivojlanayotgani alohida taʼkidlandi. Xususan, Ege universiteti bilan Oʻzbekistonning bir qator oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida qoʻshma taʼlim dasturlari, akademik mobillik, onlayn maʼruzalar va ilmiy tadqiqotlar yoʻlga qoʻyilgani qayd etildi.

Uchrashuvda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda yengil sanoat va toʻqimachilik sohasida kadrlar tayyorlashga qaratilgan qoʻshma taʼlim dasturini yoʻlga qoʻyish imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ekologiya va bioxilmaxillik, qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiya, genetika va biotexnologiya, tibbiyot va farmatsevtika, muhandislik va sanoat texnologiyalari, oziq-ovqat xavfsizligi kabi ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.

Tomonlar hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish, professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, doktorantlar uchun stajirovkalar tashkil etish hamda ilmiy tadqiqotlarni qoʻshma ravishda olib borish boʻyicha kelishuvlarga erishdi. Uchrashuv yakunida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan aniq loyihalarni amalga oshirish yuzasidan ishlarni davom ettirishga kelishib olindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?