TTYSI talabalari Italiyadagi ATOM GROUP korxonasida
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari Italiya sanoatining yetakchi brendlaridan biri — ATOM GROUP korxonasiga tashrif buyurdi.
ATOM GROUP — oyoq kiyimlari, charm buyumlar va texnik materiallar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan yuqori texnologik kesish tizimlari ishlab chiqish bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi.
Tashrif davomida institut talabalari kompaniyaning ishlab chiqarish liniyalari, avtomatlashtirilgan texnologik uskunalari va ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdilar.