“To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 6-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talaba-qizlar o‘rtasida “To‘maris izdoshlari” sport musobaqasining institut miqyosidagi ichki saralash bosqichi o‘tkazildi.
Tadbir Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi U. Elmurotova boshchiligida, Ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi mas’ullari hamkorligida tashkil etildi. Musobaqa sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash hamda talaba-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.
Musobaqa quyidagi 4 shart asosida tashkil etildi:
1. Jamoani tanishtirish
2. Sport bilan hamnafasmiz:
3. Birinchi tibbiy yordam
4. Velosipedda uchish
Hakamlar hay’ati tomonidan baholangan natijalarga ko‘ra quyidagi talabalar Shahar bosqichiga tavsiya etildi:
Tadjibayeva Maftuna – Iqtisodiyot fakulteti
Djurakulova Mohinur – Iqtisodiyot fakulteti
Ochilova Oyniso – Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti
Xusainova Munira – Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti
Bahriddinova Zarina – Dizayn va texnologiyalar fakulteti
Inoyatova Setora – Dizayn va texnologiyalar fakulteti
Maxammadova Farida – To‘qimachilik muhandisligi fakulteti
Yuldashbayeva Husnora – To‘qimachilik muhandisligi fakulteti
Barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyatlar tilaymiz!