To‘garaklar faoliyati tahlil qilindi – kelgusi yilga rejalarga aniqlik kiritildi
Bugun institutimiz rahbariyati tomonidan “Dolzarb 90 kun” doirasida faoliyat yuritayotgan to‘garaklarning holati o‘rganildi.
Tashrif davomida rahbariyat vakillari to‘garaklar faoliyati bo‘yicha mas’ul xodimlar bilan uchrashib, amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va yechimini kutayotgan masalalar yuzasidan fikr almashdi.
Uchrashuvda ayniqsa, 2025/2026 o‘quv yiliga doir rejalashtirilayotgan yangiliklar va takliflar muhokama qilindi. Jumladan:
• Yangi yo‘nalishdagi to‘garaklar tashkil etish,
• Mahalla yoshlari bilan qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish,
• Har bir to‘garakka alohida metodik va moddiy bazani mustahkamlash,
• To‘garak faoliyatini raqamlashtirish orqali monitoringni kuchaytirish.
Uchrashuv yakunida mas’ullarga aniq tavsiyalar berildi va kelgusi o‘quv yili uchun tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.
“Dolzarb 90 kun” nafaqat yoshlar, balki xodimlar uchun ham mas’uliyatli tashabbus bo‘lib xizmat qilmoqda.