12:14 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI mintaqaviy aloqalarni mustahkamlaydi

22.04.2025
84
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti ta’lim sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida muhim qadam tashladi!
Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universitining (Xo‘jand shahri) ilmiy ishlar va innovatsion rivojlanish bo‘yicha prorektori D. Babajaniyon va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i K. Sharipovning TTYSIning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori I. Bulanov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.A. Lyamkina boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Natijali suhbat davomida tomonlar ta’lim sifatini oshirish va innovatsiyalarni rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma ta’lim va ilmiy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida uzoq muddatli sheriklik munosabatlarini rivojlantirishda o‘zaro manfaatdorlikni tasdiqlovchi hamkorlik to‘g‘risidagi dastlabki kelishuv tuzildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?