03:39 Chorshanba 14 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Tex4future” loyihasi doirasidagi muhokamalar: strategik rejalashtirish istiqbollari

13.05.2025
7

Turkiyaning Ege universitetida “Erasmus+” dasturi doirasida o‘tkazilayotgan xalqaro uchrashuvning ikkinchi kuni ham mazmunli va samarali muhokamalar bilan davom etdi. Tadbirda loyihaning bosh koordinatori Nikolaos Bilalis (Gretsiya) so‘zga chiqib, “Tex4future” loyihasining asosiy ish rejalariga (WP) to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, loyiha holati, trening kurslarni ishlab chiqish, uskunalarni xarid qilish va markazlarni tashkil etish, sifat strategiyasi hamda natijalarni keng yoyish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, CRETHIDEV kompaniyasi vakili Maya Dimitriadou tomonidan loyiha doirasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalari tahlil qilindi. Gheorghe Asachi nomidagi Yassi Texnika Universiteti professori Luminita Ciobanu esa Ruminiyada o‘tkazilgan trening bo‘yicha hisobot bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Yig‘ilish yakunida bosh koordinator Bilalis janoblari loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan davriy hisobotlarni belgilangan muddatlarda topshirish muhimligini yana bir bor ta’kidladi. Bunday uchrashuvlar ishtirokchi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish va to‘qimachilik sohasini yangi bosqichga olib chiqishda muhim o‘rin tutmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?