23:04 Chorshanba 06 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR TURAR JOYLARI VA IJARA XONADONLARI BO‘YICHA MA’LUMOTLAR MARKAZI

06.08.2025
38

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, ayniqsa, yashash masalalarida ishonchli va aniq axborot bilan ta’minlash maqsadida maxsus Ma’lumotlar markazi faoliyat yuritmoqda.

Markazning asosiy vazifalari:

Yotoqxona masalalari bo‘yicha maslahatlar:
Institut balansida mavjud bo‘lgan talabalar turar joylari haqida to‘liq ma’lumot (manzil, sharoit, to‘lov miqdori, kvotalar, joylashish tartibi va afzalliklar asosida joy berish tartibi) beriladi.

Bo‘sh o‘rinlar monitoringi:
Har yili talabalar soni va joylarga bo‘lgan talab asosida yotoqxonalardagi mavjud bo‘sh o‘rinlar haqidagi ma’lumotlar muntazam yangilanadi va abituriyentlarga shaffof tarzda taqdim etiladi.

Ijaraga mos xonadonlar ro‘yxati:
Institut bilan hamkorlik qiluvchi mahalliy hokimiyatlar, mahalla raislari, uy egalari bilan tuzilgan kelishuvlarga asosan ishonchli va xavfsiz ijaraga mo‘ljallangan uy-joylar haqida ma’lumotlar beriladi.

Ota-onalar va abituriyentlar uchun maslahat xizmati:
Turar joy tanlash, narxlar taqqoslanmasi, shartnoma shartlari va xavfsizlik masalalarida ota-onalar uchun individual maslahatlar ham beriladi.

Amaliy yordam:
Joylashish, ijara shartnomasi rasmiylashtirish, ko‘chib o‘tishda yordam, hamrohlar bilan joy ajratish kabi jarayonlarda markaz amaliy yordam ko‘rsatadi.

Markazning afzalliklari:
• Ishonchli va tekshirilgan manbalar asosida axborot beriladi
• Har bir talabaga individual yondashuv
• Tashqi ijaraga chiqish uchun xavfsiz va qulay shartlar
• Talabalar va ota-onalar o‘rtasidagi ishonchli aloqa ko‘prigini yaratadi

Joylashuv:
Ma’lumotlar markazi institut va yotoqxona hududida, abituriyentlar va tashrif buyuruvchilar uchun qulay joyda joylashgan.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?