13:08 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Talabalar bahori oyligi doirasida — DEBAT bahsi tashkil etildi!

23.04.2025
79

“Intellektual haftalik” va Talabalar bahori oyligi doirasida institutimizda talabalar o‘rtasida Debat musobaqasi o‘tkazildi.

Debat davomida ishtirokchilar bugungi kunning dolzarb mavzularidan biri — ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri yuzasidan fikr almashishdi. Talabalar o‘z qarashlarini asosli dalillar bilan ifodalab, bahs orqali bilim va fikrlash salohiyatlarini yanada mustahkamlashdi.

Mazkur tadbir:
• Talabalarda erkin fikrlash, analitik tahlil qilish,
• Jamoaviy bahs yuritish, madaniyatli muhokama olib borish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

Intellektual bellashuv ko‘tarinki ruhda, muhit esa ilmiy va samimiy tarzda kechdi.

Talabalar bahori oyligiga xos yangicha tashabbus va faoliyatlar davom etmoqda!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?