11:19 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida “Sport oyligi”ga tantanali start berildi

05.05.2025
117

2025-yil 5-may kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan mamlakat miqyosida tashkil etilgan “Sport oyligi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida bo’lib o’tdi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri hamda Sport vaziri ishtirok etib, talaba-yoshlarga sport oyligi doirasida o‘tkaziladigan turli musobaqalarda faol ishtirok etishlari, sog‘lom turmush tarziga sodiq qolishlari hamda yuqori natijalarga erishishlarida omad tilashdi.

“Sport oyligi” joriy yilda “Sportchi – yurt himoyachisi!” shiori ostida o‘tkazilmoqda. Mazkur tashabbus yoshlarda jismoniy faollikni oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga jalb qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda Vatanga sadoqat, iroda va bardamlik ruhida tarbiyalash maqsadida yo‘lga qo‘yilgan.

Sport oyligi davomida talabalar quyidagi sport turlari bo‘yicha bellashuvlarda ishtirok etishadi: badminton, basketbol, boks, dzyudo, gimnastika, og‘ir atletika, gandbol, stol tennisi, stritbol, suzish, futbol, taekvondo, voleybol hamda yengil atletika.

Mazkur musobaqalar respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida qamrab olingan bo‘lib, sport maydonlari yoshlarimizning iste’dodi va salohiyatini namoyon etishida yana bir bor maydon bo‘lmoqda.

Shuningdek qayd etilishicha, 1-maydan 25-maygacha butun O‘zbekiston bo‘ylab yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtiruvchi "Talabalar festivali" bo‘lib o‘tadi. Festival davomida 18-29 yosh toifasida oliy ta’lim muassasalari talabalaridan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlari qabul qilinadi.

Sport sinovlari oliy ta’lim muassasalarida 15-may kunidan boshlab qabul qilinadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?