Xo‘jand politexnika instituti vakillari bilan muhim onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Mazkur uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi. Bu tashabbus ikki oliy ta’lim muassasasi talabalariga yangi imkoniyatlar yaratadi, bilim va tajriba almashishga zamin hozirlaydi, shuningdek, ta’lim sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Suhbat chog‘ida kelajakdagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari — o‘quv rejalari, o‘qitish metodikasi, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ta’lim dasturlarini mehnat bozori ehtiyojlariga moslashtirish hamda bitiruvchilarning raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar sifatida tayyorlanishini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.