Shvetsiya davlatining nufuzli oliygohi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
30 - aprel kuni Shvetsiya davlatining Oliy To'qimachilik Maktabi hisoblangan Boras Universiteti prorektori professor Kim Bolton bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tomonlar o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida bir qator kelishuvlarga erishdilar:
• professor-o‘qituvchilar uchun amaliyot dasturlarini tashkil etish;
• tadqiqot va o‘qish uchun talabalar almashinuvi;
• qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
• xalqaro grantlar uchun qo‘shma arizalar.
Uchrashuv yakunida Boras Universiteti delegatsiyasi joriy yil 21-22 may kunlarida institutimizda o'tkazilishi kutilayotgan ilmiy anjumanga taklif qilindi.