Seminar bo'lib o'tdi
Institutimizning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori Nodir Mirzayev hamda institut doktorantlari ishtirokida 2025-yil 7-fevral kuni seminar tashkil etildi.
Ushbu seminarda 3-bosqich doktoranti Sadikova Gulnoza Qudratullayevna “Paxta-ipak aralash tolali to‘qimachilik materiallarni kimyoviy pardozlashning nazariy asoslarini yaratish” hamda tayanch doktorant Fayzullayeva Kamola Sunnatillo qizi tomonidan “Matolarga ishlov berish uchun paxta sellyulozasini biokimyoviy modifikatsiyalash” mavzularida dissertatsiya ishi haqida batafsil ma’lumot berib о‘tildi.
Seminar davomida doktorantlar о‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilar tomonidan atroflicha javob oldilar. Tashkil etilgan seminar qizg‘in, bahs va munozaralarga boy bо‘ldi.