15:34 Shanba 10 May 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Rektorning bayram tabrigi

17.11.2024
174

Aziz farzandlarim!

Sizning safingiz kundan-kunga kengaymoqda. Mamlakatimizda olib borilayotgan siyosat natijasida oliy ta’lim tizimi yil sayin rivojlanib bormoqda. Siz kabi yosh avlod vakillarining ta’lim olishi va kamol topishi uchun barcha shart va sharoitlar yaratilib berilmoqda. Biz - institutingizdagi ustozlar, ota-onangiz va jamiyat sizning barkamolligingiz va istiqbolli kelajagingiz uchun siqdi dildan harakat qilyapmiz.

Qisqa fursat ichida safingizga qo‘shilgan yangi talabalar - ukalaringiz va singillaringiz ham institutimizning ulkan oilasi jamoasidan muqim va muhim o‘rin egallab ulgurishdi. Bunda barchangizning ahilligingiz, o‘zaro do‘stligingiz va qo‘llab-quvvatlashingizning ahamiyati ulkan bo‘ldi.

Respublika tanlovlarida, jahon shohsupalarida, qolaversa jamiyatda o‘zingizni munosib tutayotganingiz, institutimiz ravnaqiga o‘z hissangizni qo‘shayotganingiz uchun barchangizdan minnatdorman!

Bugun sizning kuningiz. Miriqib dam oling va vaqtingizni chog‘ o‘tkazing.

Har biringizga mustahkam sog‘lik, yangi bilimlarni o‘zlashtirishda ishtiyoq va g‘ayrat tilab qolaman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Rektor Davron Vaxabov

Saytni yangi dizayni yoqdimi?