“Rektor kubogi” doirasida kibersport musobaqasi tashkil etildi!
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Kibersport” onlayn sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa talaba-yoshlarning raqamli texnologiyalarga qiziqishini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, bir-biriga munosib raqobatchi bo‘lishdi.
G‘olib jamoalar tegishli faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.