“Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi
10-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ishchi guruhi “Registrator ofisi” faoliyatini o‘rganish maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bo‘ldi.
Ishchi guruh o‘rganish davomida Registrator ofisining funksional vazifalari va ko‘rsatilayotgan xizmat turlariga mosligi, yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik jihozlar bilan ta’minlanganligi, hujjatlarni yuritish tizimi hamda xizmat ko‘rsatish uchun sanitariya me’yoriy talablariga mosligi o‘rganildi.
Shundan so‘ng aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek, “Registrator ofisi” faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qator tavsiyalar berildi.