01:26 Payshanba 19 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

OʻZBEKISTON–TOJIKISTON OLIY TA'LIM MUASSASALARI REKTORLARI UCHINCHI FORUMI BOʻLIB OʻTMOQDA

13.03.2026
25

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti delegatsiyasi birinchi prorektor Baxtiyor Nasimov boshchiligida Tojikiston Respublikasi hamda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlarining Uchinchi forumida ishtirok etmoqda.

Mazkur forum ikki davlat oliygohlari o‘rtasida oliy ta’limni rivojlantirish, ilmiy hamkorlik va akademik mobillik istiqbollarini muhokama qilish uchun muhim xalqaro maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Tadbir davomida oliy ta’lim muassasalari vakillari qo‘shma ta’lim dasturlarini amalga oshirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Forum doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Tojikistonning qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Akademik M.S.Osimi nomidagi Tojik texnika universiteti Politexnika instituti (Xo‘jand shahri) hamda Tojikiston texnologiya universiteti Isfara filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Imzolangan kelishuvlar qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirish, talaba va professor-o‘qituvchilar akademik mobilligini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish hamda to‘qimachilik va yengil sanoat sohasida mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ilg‘or tajribalar almashinuvini kengaytirishga qaratilgan.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining mazkur forumdagi ishtiroki oliygohning xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida akademik aloqalarni mustahkamlashga intilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?