Qurbon hayiti munosabati bilan ezgu tashabbus
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi "Sen kuchlisan" jamoat tashkiloti huzuridagi saraton va oqqonga qarshi kurashayotgan bolalar hamda ularning oilalarini qoʻllab-quvvatlash markaziga tashrif buyurdi.
To‘qimachilik muhandisligi fakulteti jamoasi va kafedralari tomonidan yig‘ilib qolgan keraksiz qog‘ozlar makulaturaga topshirilib, undan tushgan mablag‘ saraton va oqqonga qarshi kurashayotgan bolalar uchun yo‘naltirildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida bolalarga bayramona sovg‘alar ulashildi, ularning holidan xabar olindi va mehr-oqibat muhitida iliq suhbatlar boʻlib oʻtdi. Tashrifdan koʻzlangan maqsad – og‘ir dard bilan kurashayotgan bolajonlarga ruhiy ko‘mak berish, ularning oilalariga esa jamiyat e’tiborini his ettirishdan iborat bo‘ldi.